Suv oqish tarnovlari va tomlar nishabliklarini isitish — ularni elektrik qizdirish kabellari yordamida a’lo darajada himoyalash mumkin. Tejamkorlik maqsadida ko‘pincha om qizdirish kabellariishlatiladi, biroq o‘z-o‘zini sozlovchi kabellarni ham ishlatish mumkin.Om kabelining eng kam uzunligi taxminan 8 m ga teng, shuning uchun, agar kaltaroq kabel kerak bo‘lsa, o‘z-o‘zini sozlovchi kabellarni ishlatish yanada tejamkorroq bo‘lishi mumkin. Diqqat, o‘z-o‘zini sozlovchi kabellar uchun ham sozlash tizimini o‘rnatish kerak – “ECOFLOOR isitish tizimlarini sozlash” ga qarang.Odatdagi suv tarnovlari (150 mm gacha diametrli) uchun 30-40 Vt/m qizdirish quvvati o‘rnatiladi; dengiz sathidan taxminan 1000 metr balandlikdagi joylarda – 60 Vt/m va undan ortiq quvvat o‘rnatiladi (mahalliy sharoitlar baholanganidan keyin). Pastroq quvvatdagi kabelni ishlatish va uni suv tarnovi yoki nishablikka ikki, balki uch marta o‘rnatish bir simli quvvati katta kabelni ishlatishga qaraganda foydaliroqdir (bunda katta maydon qamrab olinadi).Kabelni tarnovga va nishablikka mahkamlash uchun plastmassa qisqichlar yoki qisqichli po‘lat troslar ishlatiladi.
Tashqi maydonlarni isitish vaqtidagi kabi tom bilan ishlash vaqtida ham to‘g‘ri sozlash ham juda muhim, u na faqat harorat pasayishiga, balki yana saqlanayotgan yuzada namlik mavjudligiga ham qaraydi. Qizdirish kabeli qo‘lda boshqarilgan taqdirda, isitiladigan maydon muz qatlami bilan qoplanganidan keyin tizim ishga tushirilgan bo‘lsa, issiqlik ta’sirida kabel atrofida bo‘shliq paydo bo‘ladi (tunnel), bunda kabel atrofida havoli qatlam hosil bo‘ladi, u issiqlik izolyatsiyasi vazifasini o‘taydi. Kabeldan foydalanilayotgan bo‘lishiga qaramasdan, yopishgan muz erimaydi, demak, tizim ishlamaydi.