V24 boshqarish bloki Watts simsiz muvofiqlashtirishning qo‘shimcha elementini o‘zida namoyon qiladi (V22 termostatlari, V23/25 priyomniklari). Ushbu blok yordamida isitish tizimini markaziy boshqarish, ya’ni bir joydan turib barcha obyektdagi isitishni dasturlashtirish va muvofiqlashtirishni amalga oshirish mumkin. Asbob-uskuna elektrikaviy isitishning barcha turlariga mos keladi (iliq pol, iliq shift, iliq taratuvchi panellar, konvektorlar, qizdirish narvonlari va hokazo).
Blok unchalik murakkab bo‘lmagan grafikaviy interfeys bilan kontakli displeyga egaki, uning vositasida oddiy intuitiv boshqaruv o‘tkaziladi. Blok ta’minotni 230V/50Gs tarmoqli kuchlanishdan oladi (installyatsiyaviy quti ichiga qurilgan), ammo boshqa muvofiqlashtiriladigan asbob-uskunalar bilan V24 bloki simsiz bog‘langan. Tizimning universalliligi, markaziy V24 boshqarish blokini mavjud Watts simsiz muvofiqlashtirish tizimi ichiga qo‘shimcha qurish yoki, aksincha, V24 bloki allaqachon o‘rnatilgan tizimga boshqa muvofiqlashtiruvchi qismlar qo‘shilishi mumkinligi (V 22/23/25) uning afzalliklari sirasiga kiradi. V24 markaziy bloki har bir zona uchun o‘z individual dasturli rejimini shakllantirish imkoniyati bilan umumiy hisobda 24 xonalar/zonalarda isitishni boshqarishi mumkin. V24 blokiga Watts V27ning GSM moduli ham ulanishi mumkin, shu tufayli qisqa matnli ma’lumotnomalar (SMS) vositasi orqali isitish tiziminining asosiy boshqarishini amalga oshirish mumkin.