“Faqat xona / pol + xona / faqat pol” haroratini solishtirib o‘qish joyini belgilash imkoniyati bilan raqamli termostat issiqlik taratuvchi panellar, konvektorlar va “iliq pol” tizimlari bilan muvofiq keladi.
Termostat haftali dasturga ega: har kuni to‘rt marotabagacha bir rejimdan boshqasiga o‘tkazishga qodir — qulay (kunduzgi) va tejamkor (tungi) haroratlar. Qolgan funksiyalar: “ta’til” rejimi, muzlab qolishga qarshi haroratni qo‘llab-quvvatlash rejimi, haroratni vaqtga qarab to‘g‘rilash, joriy harorat tasviri, “o‘z-o‘zini o‘rgatadigan” dastur rejimi (fuzzylogic deb nomlanuvchi). Himoya IP 21, 16A ulash kontakti, 3 m lik polusti zondi termostat to‘plamiga kiradi. Ta’minoti 230 V. Induksiyaviy nagruzkaga ulashda (masalan, kontaktor orqali isitishni ulaganda) termostat zanjiridagi AC130-03 tok siltashlarining filtri imkoni boricha kontaktorga yaqinroq, eng yaxshisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning kontaktlariga ulangan bo‘lishi kerak. Filtrsiz termostatning o‘z-o‘zidan tashlab yuborishi (nollashtirish) yuzaga keladi. Filtr termostatning to‘plamiga kiradi.