Isitiladigan rezina bo‘yra xonada sovuq pol bo‘lsa, bo‘yra ishchi zonaning shinamligini oshiradi.
Bu S-Mat isitiladigan rezina bo‘yrasining kichraytirilgan versiyasi hisoblanadi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, qizdirish bo‘yralari pol sovuq xonalarda xodimlarni himoyalashga xizmat qiladi,ko‘pincha sanoat sexlarida, bu yerda ish tavsifi odamning uzoq vaqt cheklangan maydonda bo‘lishi lozimligini talab etadi. Bunday uchastkalar uchun muhitning past harorati odatiy hol, shuning uchun katta sexni isitish juda qimmatga tushadi. W-MAT bo‘yralari ishlatilsa, ish sharoitining qulayligi minimal xarajatlar hisobiga ancha oshadi: bo‘yraning iste’mol quvvati o‘lchamiga bog‘liq holda 100-300 Vt atrofida bo‘ladi. Bo‘yralar isitishga mo‘ljallanmagan, biroq ular ajratgan issiqlik uzoq vaqt sovuq polda turishi natijasida odamning tanasiga o‘tib ketadigan sovuqni bartaraf etadi.