Tashqi qo‘llanish uchun maxsus to‘shaklarni taklif etamiz, ularda kabel matoga yopishtirilgan emas, balki mahkamlovchi tasma bilan mahkamlangan. Qumga ko‘milgan vaqtida kabel har tomondan yaxshiroq bekiladi.
Bu ishlarni bajarish vaqtida maxsus qizdirish kabellari – ko‘p simli eshilgan om simli 20-30 Vt/m quvvatga ega bo‘lgan baquvvat konstruksiya ishlatiladi. Isitishni qizdirish kont uri yoki qizdirish to‘shagini ishlatib amalga oshirish mumkin.Piyodalar uchun kommunikatsiyalarda qizitish elementi qum yoki beton qatlamida, zinapoyalarda, terrasalarda esa egiluvchan mastika qatlamida joylashadi.Kirish yo‘laklarida qizdirish elementini albatta beton asosda joylashtirish tavsiya etiladi, u kabelni bu kommunikatsiyalar ustidan avtotransport o‘tgan vaqtdagi yuklamalardan shikastlanishdan himoyalaydi.
Tashqi maydonlarni isitish uchun 300 Vt/m² quvvat o‘rnatiladi.Bunday katta quvvat tizimning harorat noldan ancha pasayib ketgan vaqtida ham normal ishlay olishi uchun zarur. To‘g‘ri sozlash ham juda muhim –ECOFLOOR qizdirish tizimlarini sozlash bobiga qarang – u aynan muzlab qolish xavfi tug‘ilgan vaqtda tizimni ishga tushirishni bajaradi. Ya’ni bu shunday sozlashki, u na faqat harorat pasayishiga, balki yana saqlanayotgan yuzada namlik mavjudligiga ham qaraydi. Tizim qo‘lda boshqarilgan taqdirda, isitiladigan maydon qor qatlami bilan qoplanganidan keyin tizim ishga tushirilgan bo‘lsa, qor erishi 12 soatdan ortiq davom etishi mumkin(qor qatlami qalinligiga bog‘liq holda). Shuni anglash lozimki, qizitish kabeli yer ichida joylashgan, yer juda katta issiqlik sig‘imiga ega, va qorni eritish uchun ham ko‘p miqdorda latent issiqlik deb ataluvchi energiya zarur bo‘ladi.
Bu usullar uchunhimoya o‘ramli MST va MDT kuchli kabellari bilan to‘shaklarni taklif etamiz.MDT to‘shagini asfaltga yotqizsa ham bo‘ladi.