Issiqlik o‘tkazuvchi material qatlamida (angidrit, beton…) qizitish to‘shaklari. Yengil va tez yotqizilishi bilan ajralib turad, ayniqsa asosiy isitish tizimlariga mos keladi.
Funksiyasi nuqtai nazaridan kontur va qizdirish to‘shagi o‘rtasida bironta farq yo‘q: aslida qizdirish to‘shagi – bu matoga yopishtirilgan qizdirish kabelidir. Bu buyumlar bir-biridan faqat yotqizish usuli bilan farq qiladi. Konturni yotqizish egiluvchan, biroq ishlash uchun murakkabroq. To‘shaklar esa oson yotqiziladi va issiqlikni tekis ajratish bilan farq qiladi. Biroq to‘shaklarni yaxshisi tekis yuzaga o‘rnatgan ma’qul.
Bu tizimning afzalliklariga qizdirish to‘shaklarini tayyorlanish narxlarining nisbatan pastligidir. Kabel anchagina qalin qatlamda yotadi, shu tufayli issiqlik biroz tekis tarqaladi, shuning uchun yuqori chiziqli iste’mol quvvatli kabellarni ishlatish mumkin (15 Vt/m atrofida).
Ushbu usulning noqulayliklariga, uni yotqizishning murakkabligi kiradi, ayniqsa agar qizdirish kabeli yuk ko‘tarish plitasi ichida joylashishi lozim bo‘lsa. Agar beton qatlami faqat 2 sm bo‘lsa, plita monolit bo‘lishi lozim, uni bog‘lab chiqilganidan keyin qizdirish kabeli yotqiziladi, uning ustiga 4 sm qalinlikdagi ikkinchi beton qatlami yotqiziladi, bunda qizdirish kabeli ishga tushirilganidan keyin bu ikki qatlamning uzilishi sodir bo‘lishining aniq xavfi, polning “shishishi” paydo bo‘ladi. Yarim akkumulyatsion va akkumulyatsion tizimlarda birinchi ishga tushirish vaqtida pol haroratini asta-sekin ko‘tarib, birinchi to‘ldirish deb ataluvchi rejimga rioya qilinishi kerak.
Yarim akkumulyatsion isitish uchun yuza quvvati100Vt/m² bo‘lgan LPSV qizdirish to‘shaklarini taklif etamiz.